
Rasman: Rauf Inileev "Obod" bosh murabbiyi
"Obod" yangi mavsumga yangi bosh murabbiy bilan tayyorgarlik ko‘radi. Tajribali mutaxassis, o‘z vaqtida O‘zbekiston milliy terma jamoasini boshqargan, "Osiyoning eng yaxshi murabbiyi", deya tan olingan Rauf Inileev jamoa bilan bir yillik shartnomaga imzo chekdi. Indindan boshlanadigan mashg‘ulotlarni aynan Rauf Talgatovich olib boradi.
Yangi mavsumga tayyorgarlikning birinchi bosqichi 21-28 dekabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi. Shundan so‘ng futbolchilar qisqa muddatli tanaffusga chiqadi. Yanvar oyining dastlabki kunlaridan boshlab tayyorgarlik yana poytaxtimizda davom ettiriladi.
Fikrlar