"Real" Moratani "MYu"ga sotmadi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning "Real" klubi hujumchi Alvaro Moratani "Manchester Yunayted"ga sotishni istamadi.

Xabarlarga qaraganda "qizil iblislar" 24 yoshli forvard uchun "qirollik klubi"ga 60 mln evro taklif qilishgan, biroq rad javobini olishgan. Ta’kidlash kerakki, "Real" Moratani 90 mln evroga baholamoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Morata "MYu"dan "Real"ga  o‘tishi kutilayotgan David de Xea transferining bir qismi bo‘lishi mumkinligi aytilayotgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!