"Real" Ronalduga hech kim sotib ololmaydigan narx belgiladi
Madridning “Real” klubi o‘zining portugaliyalik etakchisi Krishtianu Ronalduni 400 mln evrodan kamiga sotmoqchi emas. Bu haqda Daily Mail nashri xabar tarqatmoqda.
“Qirollik klubi” rahbariyati bu yo‘l bilan “Manchester Yunayted” va PSJ klublarining Ronalduga bo‘lgan qiziqishlarini so‘nishiga ishonmoqda. Shuningdek, klub prezidenti Florentino Peres, klub bosh direktori Xose Anxel Sanches va Krishtianu Ronaldu o‘rtasida joriy vaziyat va futbolchining jamoadan ketish masalasi yana bir bor muhokama qilinishi rejalashtirilgan. Ta’kidlash kerakki, bu uchrashuv Ronalduning Konfederatsiyalar kubogidagi yakunlanmagunicha amalga oshirilmaydi.
Eslatib o‘tamiz, 32 yoshli futbolchi 2016 yilning noyabrida “Real” bilan amaldagi shartnomasini 2021 yilga qadar uzaytirgan edi. Unga ko‘ra futbolchining haftalik maoshi 400 ming evroni tashkil etadi. Shartnomaga ko‘ra esa uning tovon puli 995 mln evro deb belgilangan.

Fikrlar