"Real" futbolchisi "Shanxay SIPG" mashg‘ulotida ishtirok etmoqda (Foto)

  • 7 yanvar, 2017, 12:57
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

 

Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov faoliyatini Xitoyning “Shanxay SIPG”da davom ettiradi. Hamyurtimiz xitoyliklar bilan 3 yillik shartnoma imzolagan. Bu haqda oldinroq xabar berib o‘tgandik.

Yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rish uchun Shanxay klubi 3 yanvar kuni Dohaga jo‘nab ketgandi. U erda Andre Villash-Boash jamoasi yig‘in olib bormoqda.

“Shanxay SIPG”ning bugungi mashg‘ulotida “Monako” klubi himoyachisi Rikardo Karvalo ham ishtirok etmoqda.

Hozircha portugaliyalik himoyachi shanxayliklar bilan qanday “aloqa”da ekanligi borasida aniq ma’lumotlar yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!