"Real" superrekord sohibi yoxud madridliklarni oldinda "Barselona" rekordi kutmoqda

  • 19 fevral, 2017, 07:29
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Rekordlar buyuk jamoalarning imkoniyatini ochib beradigan vositadir. Biroq, shunday rekordlar borki ularni o‘rnatish va yangilash o‘ta mashaqqatli mehnatni talab qiladi. Shunday bo‘lsa-da, frantsiyalik murabbiy Zinedin Zidan Ispaniya chempionati peshqadami "Real"ni ajoyib rekord sari etaklamoqda.

Ispaniya chempionatining 23-turida "Real" futbolchilari "Espanol" darvozasini ishg‘ol qilib, ketma-ket 42 ta uchrashuvda gol urdi. Bu "Real" tarihidagi eng uzun golli seriya sifatida tarixga kirdi.

"Real" so‘nggi marotaba 2016 yili 26 aprelda Evropa chempionlar ligasida "Manchester Siti" darvozasini ishg‘ol qila olmagan edi. Shundan buyon madridliklar 42 ta o‘yinda 113 ta gol urdi.

Golli seriya bo‘yicha mutlaq rekord "Barselona"ga tegishli bo‘lib, bu jamoa 1942-1943 va 1943-1944 yillarda ketma-ket 44 ta o‘yinda gol urgan."Real" futbolchilari bu rekordni yo‘qqa chiqarmoqchi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!