"Real" yutqazgan o‘yinda Ronaldu jamoasining rekordini o‘rnatdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniya chempionatining 16-tur qoldirilgan uchrashuvi "Real" futbolchilari uchun omadsiz yakunlangan bo‘lsa-da, yangi rekord o‘rnatildi.

 

Safarda "Valensiya"ga qarshi o‘ynagan madridliklar uchrashuvda mag‘lubiyatini tan olishga majbur bo‘ldi. Mezbonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan bahs "Real" uchun rekord natija qayd etilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Raqib darvozasini ishg‘ol qilgan Krishtianu Ronaldu jamoasining golli seriyasini 43 ta o‘yinga etkazdi va bu Madrid klubining mutlaq rekordi sifatida qayd etildi. Agar "Real" futbolchilari 26 fevral kuni "Vilyarreal" darvozasiga ham to‘p kiritsa, "Barselona"ning 44 ta o‘yindan iborat golli seriyasini takrorlaydi va Ispaniya jamoalarining yangi rekordini urish imkoniga ega bo‘ladi.

"Real" futbolchilari so‘nggi marotaba 2016 yilning 26 aprel kuni "Manchester Siti"ga qarshi o‘yinni golsiz yakunlagan edi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!