"Real"da mojaro "pishyapti" yoxud muxlislar Ronalduni yo‘qotmoqchi
Madridning "Real" jamoasi muxlislari etakchi futbolchi Krishtianu Ronalduning o‘yinlaridan umuman qoniqmayotganini ko‘rsatmoqda.
Ispaniya chempionatining 20-turida "Real Sosedad"ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuv oldidan Krishtianu Ronaldu jamoa muxlislaridan futbolchilarni qo‘llab-quvvatlashni so‘ragandi. Biroq, uchrashuv boshlanmay turib muxlislar Karim Benzema va Daniluga xushtakbozlik qilishdi.
Garchi uchrashuvda "Real" 3:0 hisobida zafar quchib, Krishtianu Ronaldu gol kiritgan bo‘lsa-da, muxlislar portugaliyalik futbol yulduziga ham xushtakbozlik qilishni to‘xtatishmadi.

Mutaxassislar muxlislarning Krishtianu Ronalduga qilayotgan salbiy munosabatini jamoaning uch marta mag‘lub bo‘lgani va Ispaniya kubogidan chiqib ketgani bilan izohlashmoqda.

Fikrlar