"Real"dan haydalgan Lopetegi dam olmoqchi emas, u boshqa jamoalarning takliflarini ko‘rib chiqmoqchi

  • 31 oktabr, 2018, 14:52
  • 0
  • Futbol

Kuni kecha “Real”dan iste’foga chiqarilgan Xulen Lopetegi sodir bo‘lgan muvaffaqiyatsizliklarga qaramay hech qanday tanaffuslarsiz murabbiylik faoliyatini davom ettirmoqchi.

Unga ko‘ra 52 yoshli ispaniyalik mutaxassis hozirning o‘zida xorij jamoalaridan bo‘ladigan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Uning fikricha mavsum hali oldinda va biror bir jamoa bilan natijaga erishishi mumkin.

Lopetegi va uning assistentlari  “Real” rahbariyatining ularni iste’foga chiqarganini uyatli holat deb hisoblashmoqda. Biroq, shu bilan birga ular Madridda muvaffaqiyatsizlikka uchraganliklarini ham tan olishmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!