Rojer Federerning qahramoni kim?

  • 8 sentabr, 2018, 19:21
  • 0
  • Tennis

"Men Maykl Jordanning muxlisiman. Uning sportda erishgan natijalari, g‘alabaga chanqoqligi meni doimo hayron qoldirib kelgan. Jordan jamoaviy sport turida ishtirok etadi, ammo u har bir o‘yinda jamoa etakchisi bo‘ladi. U doimo mening sportdagi qahramonim bo‘lib qoladi", - dedi Federer.

Ma’lumot uchun, 37 yoshli Federer 20 marta "katta dubulg‘a" turnirlarining yakkalik bahslarida g‘olib chiqqan va 2008 yil Pekin olimpiadasining juftlik bellashuvlarida oltin medalni qo‘lga kiritgan. 

Maykl Jordan esa ikki karra olimpiya o‘yinlari g‘olibi va "Chikago Bullz" safida 6 marta MBAda g‘olib chiqqan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!