“Roma” posboni Liverpulga etib keldi

  • 19 iyul, 2018, 09:09
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” jamoasi darvozaboni Alisson Beker “Liverpul” klubida tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Angliyaga etib keldi. Bu haqda The Times muxbiri Pol Joys ma’lum qildi.

Tecno

Ma’lum bo‘lishicha, braziliyalik 25 yoshli posbon bugun, 19 iyul kuni tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va olti yillik shartnoma imzolaydi. “Liverpul” mazkur transferga 75 million evro sarflaydi. Shu tariqa, Alisson dunyodagi eng qimmat darvozabonga aylanadi.

Braziliyalik futbolchi 2016 yilda “Internasonal” klubidan 8 million evroevaziga “Roma”ga kelib qo‘shilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!