"Roma" va "Marsel" kelishuvga erishdi

  • 27 avgust, 2018, 16:47
  • 0
  • Futbol

Rim klubi gollandiyalik futbolchini "Marsel"ga sotish borasida kelishuvga erishdi. Transfer narxi 28 mln evroni tashkil etadi. Strotmanning transferiga shaxsan Rudi Garsiya boshchilik qildi.  Bu ikkovlon "Roma"da ham birga ishlashgan edi.

Corriere dello Sport xabariga ko‘ra, futbolchining o‘zi Rimni tark etishni istamayotganligi va klub uni sotganligini do‘stlariga aytgan. 

Ma’lumot uchun, Ctrotman 2013 yildan buyon "Roma" safida to‘p surib kelmoqda. O‘tgan mavsum A Seriyada 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol kiritishga erishgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!