Ronaldino katta futbolga qaytmoqda

  • 15 yanvar, 2017, 07:41
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Ronaldino 2015 yili futbolchilik faoliyatini yakunlagan edi. Biroq 36 yoshli futbolchi futboldan uzoq yurolmadi va joriy yildan e’tiboran o‘z oldiga jiddiy maqsadlarni qo‘ygan jamoa bilan shartnoma tuzishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Tecno
 

- Ronaldino yana futbol o‘ynamoqchi, - dedi futbolchining akasi va agenti Roberto de Assis. - U Libertadores kubogida ishtirok etadigan jamoa bilan shartnoma tuzadi.

O‘z vaqtida Braziliya, Frantsiya, Ispaniya, Italiya, Meksika chempionatlarida javlon urgan Ronaldino 2015 yili "Fluminense" jamoasida ettita uchrashuvda qatnashgach, faoliyatini yakunlagan edi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!