Ronaldu Evropa terma jamoalari to‘purarlari reytingida 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning “Real” klubi va Portugaliya termasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu mamlakat terma jamoasi safidagi gollari sonini 70 taga etkazdi.

32 yoshli hujumchi Vengriyaga qarshi (3:0) JCh–2018 saralash bosqichi 5-turida dubl muallifiga aylandi. Bu gollar uning 69 va 70-si bo‘ldi va u mamlakat tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylanib oldi. Ta’kidlash kerakki, Ronaldu bu ko‘rsatkich borasida Gerd Myuller va Robbi Kin kabi afsonaviy futbolchilarni ortda qoldirdi.

Krishtianu hozircha bu ko‘rsatkich borasida faqatgina Ferents Pushkash (84ta gol), Shandor Kochish (75ta gol) va Miroslav Klozelardan (71ta gol) ortda qolmoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!