Ronaldu chempion, ammo Messi to‘purar bo‘ldi

  • 22 may, 2017, 08:53
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

 

“Barselona” jamoasi  hujumchisi Lionel Messi 4 yildan so‘ng yana Ispaniya chempionati to‘purariga aylandi.

Argentinalik futbolchi yakuniga etgan mavsum 34 o‘yinda jami 37 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinni “Barselona”ning yana bir hujumchisi – 29 ta gol urgan Luis Suares egallagan bo‘lsa, “Real” etakchisi va mamlakat chempioni Krishtianu Ronaldu 25 ta gol bilan uchinchi bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Messi so‘nggi marta 2012/13 yilgi mavsumda to‘purar bo‘lgandi. 2013/14 va 2014/15 yilgi mavsumlarda Krishtianu Ronaldu “Oltin butsa” sohibi bo‘lgan. 2015/16 yilgi mavsumda esa Luis Suares La Liganing eng yaxshi to‘purari bo‘lgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!