Ronaldu qaysi futbolchidan hayratlanadi?
Portugaliya terma jamoasi va "Real" etakchisi Krishtianu Ronaldu o‘z o‘yin uslubi va futbol haqida fikr bildirdi.
- Men hech qachon kimgadir o‘xshashni xohlamaganman, bu menga yoqmaydi, - dedi Krishtianu Ronaldu. - Har bir futbolchi o‘z uslubiga ega bo‘lishi kerak. Menga yoqadigan va meni hayratga solgan charm to‘p ustalari haqida gapiradigan bo‘lsam, ular juda ko‘p. Birontasini ajratib ko‘rsata olmayman.
Shuningdek, Krishtianu Ronaldu odamlarning o‘zi haqidagi fikrlariga munosabatini ham bildirib, uni yaxshi bilmaydiganlarning gaplari asossiz ekanini va futbolchi bilan yaxshi tanish bo‘lganlar uning haqiqatan qanday inson ekanini yaxshi bilishlarini ta’kidladi.


Fikrlar