Ronaldu superrekord sohibi yoxud Messi endi nima qiladi?
"Real" etakchisi Krishtianu Ronaldu klublar o‘rtasidagi jahon chempionati finalida “Kashima Antlers” jamoasi darvozasiga uchta to‘p kiritib, Madrid klubi tarkibida eng ko‘p gol urish bo‘yicha o‘z rekordini yangiladi.
Ayni paytda Ronalduning "Real" tarkibida kiritgan gollari soni 378 tani tashkil etmoqda va yaqin o‘n yillar ichida bu rekord yangilanmasligi aniq. Qolaversa, Krishtianu xali yana besh yil "Real" tarkibida to‘p suradi va bu ko‘rsatkich muntazam yangilanib boraveradi.
To‘purarlar bahsida Ronaldudan keyingi o‘rinlarni egallab turgan futbolchilarning aksariyati faoliyatini yakunlab bo‘lgan. Xususan, ikkinchi pog‘onada joy olgan Raul hisobida 323 ta, uchinchi o‘rinda qayd etilgan Alfredo di Stefanoda esa 307 ta gol bor. Shuningdek, qolgan to‘purarlar - Ferents Pushkash 242, Ugo Sanches 208, Fransisko Xento 179, Pirri va Emilio Butrageno hisobida 171 tadan gol bor.
Ayni paytda to‘purarlar ro‘xatidagi mavqeini faqatgina Karim Benzema yaxshilab olishi mumkin. Frantsiyalik hujumchining “Kashima Antlers” darvozasiga kiritgan to‘pi "Real" safidagi 171-gol sifatida qayd etildi va Benzema kuchli o‘nlikda bormoqda.

Fikrlar