Ronaldu uylanishga majbur bo‘lib qoldi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real" klubi va Portugaliya terma jamoasi etakchisi, 2016 yilning eng yaxshi futbolchisi Krishtianu Ronaldu o‘zi birga yurgan Jorjina Rodrigesga uylanishga majbur bo‘lmoqda.

 

31 yoshli futbolchi Gucci do‘konida sotuvchi bo‘lib ishlaydigan Jorjina Rodriges bilan munosabatlarini yashirib yurgan edi. To‘rt oydan buyon davom etayotgan munosabatlardan jurnalistlar xabar topgach, bu xabar Krishtianuning onasi Dolores Aveyru xonimning qulog‘i etib bordi.

Siri ochilgan Ronaldu yangi ma’shuqasini onasi bilan tanishtirishga majbur bo‘ldi. Dolores xonimga qiz ma’qul keldi va u Ronaldudan sayoq yurishni yig‘ishtirib, oila qurishini talab qilmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, Krishtianu 2018 yilning yozida rasman to‘y marosimini o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!