Ronaldu yangi sevgilisini hammaga "ko‘z-ko‘z" qildi
Mashhur shaxslarning shaxsiy hayoti doimo muxlislar e’tiborida bo‘ladi. Xususan, FIFA tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi, deb tan olingan "Real" etakchisi Krishtianu Ronalduning muhabbat bobidagi yurishlari ham ko‘pchilikni qiziqtirib keladi.
Ma’lumki, Krishtianu Ronaldu bir necha oydan buyon Jorjina Rodriges bilan yaqin munosabatlarini saqlab kelmoqda. Portugaliyalik superfutbolchi shu paytgacha biror marta o‘z sevgilisini rasmiy tadbirlarga taklif qilmagan edi. Bungacha muxlislar Ronalduni bir marta futbol uchrashuvini tomosha qilishga Jorjina bilan bilan kelganiga guvoh bo‘lishgan xolos.
Mana endi Ronalduning o‘zi ispan go‘zali bilan munosabatlari mustahkamligiga ishonch hosil qildi shekilli Jordina Rodrigesni muhim tadbir - dunyodagi barcha futbol muxlisu mutaxassislari kuzatgan FIFAning eng yashi futbolchisiga sovrin topshirish marosimiga birga olib keldi.
Albatta, Ronalduning bu ishi hech kimni befarq qoldirgani yo‘q. Jorjina Rodriges esa muhabbati tufayli bir kunda o‘ta mashhur shaxsga aylandi.

Fikrlar