Ronaldudan qo‘rqmay qo‘yishdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi
 
 
"Napoli" to‘purari Dris Mertens jamoa bosh murabbiyi Mauritsio Sarri shakllantirayotgan hujumkor futbol unga juda ma’qul kelayotganini va futbolchilar Evropa chempionlar ligasi pley-offida "Real"ga qarshi o‘yinga tayyor ekanini ta’kidladi.
 
- Biz hujumkor o‘yin ko‘rsatib, o‘z o‘yinimizga ega bo‘ldik, - dedi belgiyalik hujumchi Dris Mertens. - Men hujum markazida o‘ynashni istayman, lekin murabbiy qanotdan joy beryapti. Biz ham katta klubga aylanyapmiz va "Real"dan ham, Krishtianu Ronaldudan ham qo‘rqmaymiz.
 
"Napoli" Italiya chempionatida 35 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda. Dris Mertens esa 16 ta uchrashuvda 11 ta gol urib, to‘purarlar bahsida to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.
 
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!