
Rossiya terma jamoasining JCh-2018 uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi
Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Stanislav Cherchesov JCh-2018da ishtirok etishi mumkin bo‘lgan futbolchilarning kengaytirilgan tarkibini e’lon qildi.
Unga ko‘ra ushbu ro‘yxatdan quyidagi futbolchilar joy oldi:
Darvozabonlar: Igor Akinfeev (TsSKA), Vladimir Gabulov ("Bryugge"), Soslan Janaev ("Rubin"), Andrey Lunev ("Zenit"), Marinato Gilerme ("Lokomotiv")
Himoyachilar: Vladimir Granat, Ruslan Kambolov, Fedor Kudryashov (barchasi – "Rubin"), Ilya Kutepov, Dmitriy Kombarov (ikkalasi - "Spartak"), Roman Noyshtedter ("Fenerbaxche"), Konstantin Raush ("Dinamo"), Andrey Semyonov ("Axmat"), Igor Smolnikov ("Zenit"), Mario Fernandes (TsSKA), Vladislav Ignatev ("Lokomotiv").
Yarim himoyachilar: Yuriy Gazinskiy ("Krasnodar"), Aleksandr Golovin, Alan Dzagoev (ikkalasi – TsSKA), Aleksandr Eroxin, Yuriy Jirkov, Daler Kuzyaev (barchasi – "Zenit"), Roman Zobnin, Aleksandr Samedov, Denis Glushakov (barchasi – "Spartak"), Anton Miranchuk, Aleksey Miranchuk (ikkalasi – "Lokomotiv"), Aleksandr Tashaev ("Dinamo"), Denis Cheryshev ("Vilyarreal"), Anton Shvets ("Axmat").
Hujumchilar: Artyom Dzyuba ("Arsenal" Tula), Fyodor Smolov ("Krasnodar"), Fyodor Chalov (TsSKA), Anton Zabolotniy, Dmitriy Poloz (ikkalasi – "Zenit").
Eslatib o‘tamiz, Rossiya terma jamoasi mundialning “A” guruhida Saudiya Arabistoni, Misr va Urugvay termalariga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar