Rossiya terma jamoasining yangi sardori kim bo‘ladi?

  • 3 sentabr, 2018, 21:01
  • 0
  • Futbol

Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Stanislav Cherchesov yaqinlashib kelayotgan Turkiya va Chexiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari uchun terma jamoaning yangi sardorini e’lon qildi.

55 yoshli mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra sardorlik bog‘ichi endi Artyom Dzyubaga beriladi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya terma jamoasining amaldagi sardori TsSKA darvozaboni Igor Akinfeev hisoblanadi. Biroq, tajribali posbon Cherchesov bilan kelishgan holda ushbu o‘yinlarga jalb etilmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!