Ruslan Chagaevni enggan Vladimir Klichko olamni larzaga soladi

  • 23 yanvar, 2017, 17:00
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

40 yoshni qarshilagan mashhur professional bokschi Vladimir Klichko (64-4-0, 53 KO) 29 aprel kuni IBF chempioni Entoni Joshuaga (18-0-0, 18 KO) qarshi bo‘ladigan jangda 27 yoshli britaniyalik bokschining chempionlik kamari va bo‘sh turgan sovrinlar - WBA Super hamda IBO yo‘nalishlari chempionligi uchun jang qiladi.

Tecno
 

Vladimir Klichkoning murabbiylaridan biri Jeyms Ali Bashir jang vaqtida ukrainalik bokschi olamni larzaga solishga tayyor ekanini aytdi.

- Vladimir jangga doimo 100 foizlik tayyorgarlik bilan chiqadi, - dedi Ali Bashir. - Bu gal Klichkoga qarshi yosh, baquvvat va o‘ta kuchli zarbaga ega bokschi jang qiladi. Ringda ikki nokautchi to‘qnashadi. Jang oxirigacha davom etmaydi va ikki bokschidan biri nokautga uchraydi. Klichkoning jag‘i mustahkam. Oxirgi 20 yildagi eng kuchli zarbaga ega bo‘lgan Samuel Piter Vladimirni uch marta ringga qulatgan. Lekin Klichko turib jangni davom ettirish uchun o‘zida kuch topgan va uchrashuvni o‘z foydasiga hal qilgan. Lekin Entoni Joshua zarbaga chiday olarmikin, buni hech kim bilmaydi.

Chempionlik jangi Buyuk Britaniyadagi Uembli stadionida 90 ming tomoshabin guvohligida bo‘ladi.

Vladimir Klichko faoliyati davomida o‘zbekistonlik jahon chempioni  Ruslan Chagaevni ham mag‘lubiyatga uchratgan. 

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!