
Rustam polvon shohsupada
Hindistonda qit’amizning eng kuchli kurashchilari ishtirokida o‘tkazilayotgan yunon-rum erkin va xotin-qizlar kurashi bo‘yicha Osiyo chempionatining dastlabki kunida O‘zbekiston terma jamoasi ilk medalga sazovor bo‘ldi.
Yunon-rum kurashi bo‘yicha og‘irligi 98 kilogrammgacha bo‘lgan polvonlar bahsida qatnashgan tajribali kurashchimiz Rustam Assakalov bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Rustam ushbu medal uchun o‘tkazilgan bahsda tojikistonlik Azizjon Zaripovni kata ustunlik bilish engdi va shohsupadan joy oldi.
Fikrlar