S.Babayan: Odil "Krasnodar"dan ketmadi

  • 29 dekabr, 2016, 20:10
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori hamda Rossiyaning "Krasnodar" klubi futbolchisi o‘z jamoasini o‘zgartirish haqida o‘ylamayapti va u krasnodarliklar bilan tayyorgarlikni davom ettiradi. Bu haqda O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan ta’kidlab o‘tdi.
"Odil Ahmedov O‘zbekiston terma jamoasining asosiy figurasi hisoblanadi va uning "Krasnodar" klubiga ham katta yordami tegishi mumkin. Men bugun u bilan gaplashdim. U "Krasnodar"dan ketmayotganini va amaldagi jamoasi bilan qishki o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarda qatnashib, nazorat uchrashuvlarida ishtirok etishi haqida aytdi. Odil ayni damda Toshkentda, ba’zi OAVlar aytganidek kurortda emas", - deydi Babayan.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!