Sabina Sharipova: Ertangi uchrashuvlarga tayyorman

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sabina Sharipova Tailandda xotin-qizlar tennis uyushmasi – WTA tomonidan o‘tkazilayotgan "Nua Hin Championship – 2017" turnirida ishtirok etmoqda.

Nufuzli musobaqaning yakkalik bahslarida Sabina ilk uchrashuvini rossiyalik Evgeniya Rodinaga qarshi o‘tkazadi. Shuningdek, S.Sharipova juftlik bahslarida AQSh vakili Keytlin Krischen bilan rossiyalik Kseniya Likina hamda yaponiyalik Xiroko Kuvatani sinovdan o‘tkazadi.

– Ertangi bo‘lib o‘tadigan uchrashuvlarga tayyorman. Yakkalik va juftlik bahslardagi raqiblarimni yaxshi bilaman. Umid qilamanki, mazkur musobaqa men uchun omadli o‘tadi, deydi Sabina Sharipova Sports.uz internet portaliga bergan intervyusida

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!