Sanjarbek Rahmonov amerikalik raqibini nokautga uchratdi

  • 28.01.2018 12:31
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekistonlik professional bokschi Sanjar Rahmonov (9-0-1, KO4) o‘zining navbatdagi jangini bugun Las-Vegasdagi “Sam's Town Hotel & Gambling Hall” arenasida o‘tkazdi.

Bokschimiz mazkur jangda amerikalik Xiylon Villiamsga (16-4-1, KO3) qarshi chiqdi. Villiams so‘ngi o‘tkazilgan 5 jangining uchtasida mag‘lub bo‘lgan bo‘lsa, 1 durang va 1 marta mag‘lubiyat qayd etgan edi.

Qiziqarli va murosasiz kechgan mazkur jangning ikkinchi raundida hamyurtimiz raqibini nokautga uchratishga muvaffaq bo‘ldi va faoliyatidagi 10-g‘alabasini nishonladi.

Sanjarbek bundan oldingi jangini o‘tgan yilning 21 oktyabrida amerikalik Jon Dalperdangga qarshi o‘tkazib, 8 raund davom etgan qarama-qarshilikda u raqibini ochkolar bo‘yicha mag‘lubiyatga uchratgan.

Sanjar Rahmonov professional faoliyatini 2015 yil iyun oyida boshlagan bo‘lib, shu vaqtga qadar 10 jang o‘tkazgan. Uning hisobida 9 g‘alaba (4 nokaut) hamda 1 durang mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!