Sanjardan bir kunda ikkita g‘alaba
Qozog‘istonda tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasida o‘tkazilayotgan "Fyuchers" turkumidagi musobaqada hamyurtimiz Sanjar Fayziev muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Yakkalik bahslarining dastlabki bosqichida o‘zbekistonlik raketka ustasi rossiyalik Denis Matsukevich bilan raqobatlashdi. Ikki soatu 13 daqiqa davom etgan uchrashuvda Sanjar raqibini 6:4, 3:6, 7:6 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Sanjar Fayziev shu kunning o‘zida juftlik musobaqasida ham kortga chiqdi. Rossiyalik Ivan Gaxov bilan birga o‘ynayotgan hamyurtimiz birinchi davrada Rossiya vakillari - Ivan Nedelko va Dmitriy Surchenkoni 6:1, 6:3 hisobida engib, keyingi bosqichga chiqdi.



Fikrlar