“Santos” futbolchisi “Barselona”ning taklifini kutmoqda
Braziyalik futbolchi Lukas Limaning “Santos” klubi bilan shartnomasi shu yil 31 dekabrda yakuniga etadi. Shundan so‘ng u erkin agentga aylanadi.
U o‘z faoliyati davomida “Santos” jamoasida yarim himoyada yaxshi natijalar ko‘rsatgan futbolchi hisoblanadi.
Lukas Lima “Barselona”ning muxlislaridan biri. U shartnomasi tugagach, katalon klubi a’zosiga aylanmoqchi va buning uchun “Barselona”ning taklifini kutmoqda. Bu taklif faqatgina qishda amalga oshishi mumkin.
Taklif bo‘lganda ham buning uchun FIFAning ruxsati kerak bo‘ladi.
Shaxzoda Abdullaeva

Fikrlar