Sarvinoz Qurbonboeva: Xalqimning e’tibori va ishonchi men uchun g‘oliblikdanda ko‘proq yutuqdir!

CHERY AUTO

Yaqindagina Evroosiyoning eng go‘zal shaxmatchisini aniqlash uchun o‘tkazilgan  Miss Euroasia 2017 tanlovida ishtirok  etgan hamyurtimiz Sarvinoz Qurbonboeva tanlov natijalari haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

– Men uchun bu tanlov yana bir karra ishonch va mas’uliyat berdi! Xalqimning e’tibori va ishonchi men uchun g‘oliblikdanda ko‘proq yutuqdir! Barcha meni qo‘llab quvvatlagan va xayrixoh bo‘lganlarga chin qalbimdan tashakkur aytaman! Yurtdoshlarimizning ishonchi men uchun ulkan saodat va buni doimo saqlashga va oqlashga astoydil harkat qilaman, – deydi shaxmatchimiz o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Qayd etiish joiz, O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi yilning eng go‘zal shaxmatchisini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovda ovozlar bo‘yicha uncha katta bo‘lmagan farq bilan qozog‘istonlik Jansaya Abdulmalikka imkoniyatni boy berib qo‘ygandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!