“Selta” va “Real” uchrashuvi po‘rtana tufayli qoldirildi
Galisiyada yuzaga kelgan po‘rtana tufayli “Selta” klubiga tegishli “Balaydos” stadioni zarar ko‘rdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatida “Balaydos” stadioni tomining bir qismini uchib ketgan.

Ob-havo sharoiti yaxshilanmadi va mutasaddilar uchrashuvni boshqa kunga qoldirishga qaror qildi.
Mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan 6 fevralga o‘tar kechasi 00:45 da bo‘lib o‘tishi kerak edi. O‘yin qachon bo‘lib o‘tishi keyinroq ma’lum qilinadi.

Fikrlar