
Sergeyning Bokudagi dastlabki raqibi kim bo‘ladi?
Ozarboyjon poytaxti Boku shahrida o‘tkazilayotgan Islom birdamlik o‘yinlarining tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi yakkalik bahslariga qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi.
Qur’a natijalariga ko‘ra, hamyurtimiz Serney Fomin dastlabki raundda malayziyalik Merzukiga qarshi kortga chiqadi. Agarda, sportchimiz ushbu to‘siqdan muvaffaqiyatli o‘tadigan bo‘lsa, keiyngi bosqichda Maldiv orollari vakili Fazil va turkmanistonlik Rogusskiy bahsi g‘olibi bilan bahs olib boradi.
Qayd etish lozim, Fomindan tashqari bugun hamyurtlarimizdan Saida’lo Saidkarimov/Akmal Sultonbekov juftligi Saudiya Arabistoni vakillariga qarshi bahs olib borishadi.
Fikrlar