
“Sevilya” Italiyadan chernogoriyalik hujumchini olib kelmoqchi
“Inter” jamoasi hujumchisi Stefan Yovetich o‘z faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda AS nashri xabar tarqatdi.
Manbaning ta’kidlashicha, chernogoriyalik futbolchiga “Sevilya” rahbariyati qiziqish bildirmoqda. Tomonlar muzokaralarning ilk bosqichini o‘tkazmoqda.
“Sevilya” jamoasi “Manchester Yunayted” hujumchisi Antoni Marsyalni o‘z safiga qo‘shib olish umidini uzganidan keyin o‘z e’tiborini chernogoriyalik futbolchiga qaratdi.
Ma’lumo tuchun, joriy mavsumda Yovetich Italiya chempionatining 5 o‘yinida ishtirok etdi. U etakrlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmagani uchun boshqa klubga o‘tishga tayyor.
Fikrlar