"Sevilya" "Real"ning mag‘lubiyatsiz seriyasiga nuqta qo‘ydi

  • 16 yanvar, 2017, 02:55
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Biroz avval Ispaniya chempionatining 18-turi doirasida "Sevilya" va "Real" jamoalari o‘rtasidagi bahs yakunlandi. "Ramon Sanches Pisxuan" stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yinda maydon egalari musobaqa peshqadamini irodali tarzda mag‘lub etishdi - 2:1.
Bu bilan andalusiyaliklar "qirollik klubi"ning 40ta o‘yindan buyon davom etib kelayotgan mag‘lubiyatsiz seriyasiga nuqta qo‘yishdi. 
Endi peshqadam "Real" hisobida 40 ochko mavjud bo‘lsa, 2-pog‘onadagi "Sevilya" ochkolari sonini 39taga etkazib oldi. Eslatib o‘tamiz, "Real" bitta o‘yin kam o‘tkazgan.

Tecno

"Sevilya" - "Real" 2:1 (0:0)

Gollar: Ronaldu 67’ (penalti) – 0:1, Ramos 85’ (avtogol) – 1:1, Yovetich 90’ – 2:1
"Sevilya": Riko, Mariano, Parexa, Rami, Eskudero, Iborra (Sarabiya 77’), N'Zonzi, Vaskes (Yovetich 68’), Nasri, Vitolo, Ben-Yeder
Zahira: Soriya, Lengle, Vetto, Merkado, Kranevitter
"Real": Navas, Varan, Ramos, Nacho, Karvaxal, Modrich, Kazemiro, Kroos (Kovachich 75’), Marselo, Benzema, Ronaldu
Zahira: Danilo, Kasilya, Morata, Asensio, Vaskes, Dias
Ogohlantirishlar: Iborra 31’ , N'Zonzi 42’ , Nasri 82’ — Marselo 84’

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!