ShOHJAHONNING JANGLARI AQShNING MAShHUR TELEKANALLARI REYTINGINI KO‘TARADI

  • 11 oktabr, 2017, 07:50
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

 

Tecno

 

Professional ringda o‘nta jangning barchasida nokaut bilan g‘alaba qozongan Shohjahon Ergashev  11 oktyabr kuni AQShga uchib ketadi.

Professional ringdagi ajoyib janglari bilan  "Showtime" telekanali e’tiboriga tushib, beshta jangga shartnoma imzolagan Shohjahonga mazkur telekanalning ashaddiy raqobatchisi HBO vakillaridan ham taklif oldi.

-   "Showtime" telekanali bilan beshta jangga shartnomam bor, - deydi Shohjahon SPORTS.uz  axborot portaliga. - Lekin AQShdagi birinchi jangimni  HBO telekanali tashkillashtiriladi. Menejerim Oleg Bogdanov ular bilan bitta jangga shartnoma tuzilganini aytdi.

Ma’lumki,   "Showtime"  va  HBO  telekanallari professional boks kechalarini uyushtirish va ularni teletranslyatsiya qilish bilan ham nom qozongan. Bu telekanallar o‘z reytingini oshirish uchun eng zo‘r bokschilar bilan ishlashga harakat qiladi.

HBO kanali Floyd Meyvezer, Oskar De La Xoyya, Gennadiy Golovkin, Lennoks Lyuis bilan shartnomaga ega. Shuningdek,  bu kanal Mayk Tayson bilan ham hamkorlik qilgan.

HBO telekanali Floyd Meyvezer — Oskar De La Xoyya, Floyd Meyvezer — Zab Djuda, Bernard Xopkins — Ronald «Uinki» Rayt, Bernard Xopkins — Oskar De La Xoyya, Roy Djons — Bernard Xopkins janglarini o‘tkazgani ham uning mavqei qay darajada yuqori ekanini ko‘rsatadi.

Yaqinda Shohjahon Ergashev faoliyatiga oid eng tezkor yangiliklarni SPORTS.uz axborot portalida kuzatib boring!

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!