Shaqiri: "Liverpul" EChLda g‘olib chiqishi mumkin

  • 26 iyul, 2018, 05:15
  • 0
  • Futbol

"Liverpul" klubi yangi futbolchisi Sherdan Shaqiri jamoaning kelasi mavsumdagi asosiy vazifasi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Umid qilamanki, men Evropa chempionlar ligasida yana muvaffaqiyat qozonaman. (Shaqiri "Bavariya" bilan 2013 yilda turnirda g‘alaba qozongan – "SPORTS.uz"). Men bunda qanday hissiyotlar bo‘lishi bilaman.

– Bu ajoyib taassurotlar! Bizning bunga kuchimiz etadi. Jamoamizda yaxshi futbolchilar ko‘p. Yangi mavsumni sabrsizlik bilan kutyapman. Yakunda esa sovrinlar yutamiz.

– Asosiy tarkib uchun raqobat oson bo‘lmaydi. "Liverpul"da har kim buning uchun kurashadi. Biroq bundan ko‘ra, muvaffaqiyat qozonish muhimroq. Butun mavsum uchun har bir futbolchi kerak bo‘ladi, – deydi Shakiri Sky Sports nashriga.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!