
Shaxram G‘iyosov Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi
Bugun Boks bo‘yicha Osiyo chempionatining so‘nggi final bahslari bo‘lib o‘tmoqda. Kechki dasturdagi janglar hamyurtimiz Shaxram G‘iyosov hamda qozog‘istonlik Ablayxan Jussupov o‘rtasidagi bahs bilan boshlab berildi.
69 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan ikki qo‘shni mamlakat vakillari Osiyo chempionligini qo‘lga kiritish uchun kurash olib bordilar.
Uch raund davom etgan ushbu qarama-qarshilik o‘z vazn toifasida qit’adagi tengsiz bokschi hisoblangan Shaxram G‘iyosovning sof g‘alabasi bilan yakunlandi.
Fikrlar