
Shaxram G‘iyosov to‘liq ustunlik bilan raqibini mag‘lub etdi
Boks bo‘yicha Osiyo chempionati 69 kg vazn toifasida qit’amizdagi tengsiz bokschi hisoblangan Shaxram G‘iyosovning iordaniyalik Ziyad Eashashga qarshi jangi bilan davom ettirildi.
Hamyurtimizning to‘liq ustunligida o‘tgan bahsda Shaxram G‘iyosov ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Endi esa tomoshabinlar boshqa mamlakatlardan tashrif buyurgan bokschilar ishtirokidagi 3 ta bahsni kuzatadilar. Va ushbu janglardan so‘ng, ringga Bektemir Meliqo‘ziev chiqib keladi (kunning 13-jang). Bokschimiz o‘zining «temir» zarbalari bilan eronlik Amin Zyadiga «master-klass» o‘tib berishini taxmin qilish qiyin emas.
18:00 dan boshlab esa, Jasurbek Latipov (52 kg) Qirg‘iziston terma jamoasi vakili Azat Usenalievga bilan kurash olib boradi (kunning 21-jang).
SPORTS.uz Axborot Portali muxbirlari Boks bo‘yicha Osiyo chempionatida qayd etilayotgan natijalarni tezkorlik bilan taqdim etish maqsadida O‘zbekiston Sport Majmuasida ish olib borishmoqda.
SPORTS.uz Axborot Portalidan uzoqlashmang.
Fikrlar