"Sho‘rtan" "Robin Gud"ni iste’foga chiqardi

  • 27 iyun, 2017, 13:48
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kuni kecha, “Sho‘rtan” futbol klubining murabbiylar shtabida navbatdagi o‘zgarish yuz berdi.

Tecno

Jamoaning birinchi davra ko‘rsatkichlarini qoniqarsiz deb topgan klubning yangi rahbariyati 15-tur doirasida bo‘lib o‘tgan “Qizilqum” - “Sho‘rtan” uchrashuvidagi mag‘lubiyatdan so‘ng jamoa bosh murabbiy vazifasini vaqticha bajarib kelgan, klub texnik direktori – Ixtiyor Tog‘aevich Karimovni, murabbiylar – Komil Jo‘raev hamda Botir Qodirqulovlarni egallab turgan vazifalaridan ozod etdi.

“Sho‘rtan” jamoasiga yangi murabbiylarni jalb qilish masalasi tez kunlarda ko‘rib chiqiladi.

Hozircha, “oq bo‘rilar”ga birinchi davra yakuni munosabati bilan ma’lum muddatga qisqa tanaffus e’lon qilindi.

Jamoamizning asosiy tarkibida ham yangiliklar bo‘lishi rejalashtirilmoqda.

Tahririyat izohi: Ihtiyor Karimov "Sho‘rtan"dagi faoliyati davomida "Nasaf"dan tashqari barcha grandlarni mag‘lub etgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!