
“Sho‘rtan” Toshkentda “NBU-Osiyo” va “So‘g‘diyona” bilan nazorat bahsi o‘tkazadi
“Sho‘rtan” jamoasi 21-29 iyul kunlari ikkinchi davraga tayyorgarlikni Toshkentda davom ettiradi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, tayyorgarlik jarayonida g‘uzorliklar 4 ta nazorat uchrashuvini o‘tkazishni rejalashtirishgan. Ushbu nazorat uchrashuvlarida “oq bo‘rilar” kuch sinashadigan 2 raqib va o‘yin kunlari aniq bo‘ldi.
Rejalarga ko‘ra “Sho‘rtan” 22 iyul kuni Toshkentning “NBU-Osiyo”, 26 iyul kuni esa Jizzahning “Sug‘diyona”siga qarshi maydonga tushadilar. Qolgan ikkita o‘rtoqlik, sinov o‘yinlaridagi raqiblar va muddatiga hozircha aniqlik kiritilmoqda.
Fikrlar