Shunchaki fantastika! “Barselona” o‘z maydonida “PSJ”ga 6 ta gol urdi va keyingi bosqichga chiqdi
Evropa Chempionlar ligasi nimchorak final javob o‘yinida haqiqiy sensatsiya sodir bo‘ldi.
Parijda PSJdan 0:4 hisobida engilgan "Barselona" o‘z maydonida raqib darvozasiga oltita gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Yakuniy hisob 6:1 bo‘ldi va kataloniyaliklar sensatsion tarzda chorak finalga yo‘l olishdi.
Avval hech qaysi bilan jamoa EChLda 0:4 hisobida yutqazib, keyingi bosqichga chiqa olmagan.

Barselona (Ispaniya) – PSJ (Frantsiya) 6:1
Gollar: 1:0 – 3 Suares, 2:0 – 40, avtogol Kurzava, 3:0 – 50, penalti Messi, 3:1 – 62 Kavani, 4:1 – 88 Neymar, 5:1 – 90+1, penalti Neymar, 6:1 – 90+5 Serji Roberto.
Barselona – ter Stegen, Suares, Pike, Umtiti, Inesta (Turan, 65), Maskerano, Buskets, Rafinya (Serji Roberto, 76), Rakitich (Andre Gomesh, 84), Neymar, Messi.
PSJ – Trapp, Tiago Silva, Kurzava, Mene (Kryxovyak, 90), Markinos, Matyuidi, Verratti, Lukas Moura (Di Mariya, 55), Rabo, Draksler (Ore, 75), Kavani.
Ogohlantirishlar: Matyuidi (5), Draksler (14), Pike (23), Buskets (36), Kavani (42), Rakitich (61), Neymar (64), Suares (67), Markinos (90), Verratti (90).
Dastlabki uchrashuv: 0:4

Fikrlar