Shvaynshtayger MLSdagi debyut o‘yinida gol urdi (video)
“Manchester Yunayted” jamoasi sobiq yarim himoyachisi “Chikago Fayr” klubi a’zosi Bastian Shvaynshtayger “Monreal Impekt”ga qarshi (2:2) kechgan uchrashuvda gol urishga erishdi.
Germaniyalik futbolchi MLSdagi debyut o‘yinida gol urdi. Bastian o‘yinning 17-daqiqada boshi bilan zarba yo‘llab, to‘pni raqib darvozasiga kiritdi.
Shvaynshtayger 21 mart kuni “MYu”dan Amerika klubiga o‘tgandi. U “Chikago” bilan 1 yillik shartnoma imzolagan. Uning yillik maoshi esa 4,5 million dollarni tashkil qiladi.
Fikrlar