
Shvetsiyada bugun biatlon bo‘yicha jahon kubogi start oladi
Bugun, 26 noyabr kuni Shvetsiyaning Estersund shahrida biatlon bo‘yicha jahon kubogining 2017/18 yilgi mavsumi boshlanadi.
Ushbu munosabat bilan Rossiya terma jamoasi murabbiylari mavsumning birinchi musobaqasi uchun tarkibni e’lon qildi:
Erkaklar: Anton Shipulin, Anton Babikov, Maksim Svetkov, Evgeniy Garanichev, Aleksey Volkov, Aleksandr Loginov, Matvey Eliseev.
Xotin-qizlar: Ekaterina Yurlova-Perxt, Olga Podchufarova, Tatyana Akimova, Darya Virolaynen, Viktoriya Slivko, Svetlana Mironova.
Estersunddagi jahon kubogi bahslari birinchi bosqichida o‘tkaziladigan poygalar vaqti bilan tanishing:
26 noyabr, 18:15 – Bittalik aralash estafeta
26 noyabr, 21:10 – Aralash estafeta
29 noyabr, 21:15 – Individual(shaxsiy) poyga (Xotin-qizlar)
30 noyabr, 21:15 – Individual(shaxsiy) poyga (Erkaklar)
1 dekabr, 21:45 – Sprint (Xotin-qizlar)
2 dekabr, 18:45 – Sprint (Erkaklar)
3 dekabr, 17:15 – Ta’qib poygalari (Xotin-qizlar)
3 dekabr, 19:15 – Ta’qib poygalari (Erkaklar)
Musobaqa soatlari Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan.
Fikrlar