Sirojiddin Rahmatullaev: "Mash’al" tarbiyalanuvchisi bo‘lganimdan fahrlanaman
«Mash’al» futbol maktabidan etishib chiqqan bir qator iste’dodli futbolchilar bugun nafaqat yurtimizda balki, Osiyoning bir qator chempionatlarida muvaffaqiyatli to‘p surib kelmoqda. Anashunday futbolchilardan biri ayni paytda Malayziya chempionatida to‘p surayotgan Sirojiddin Rahmatullaevdir. E’tiboringizga o‘zbekistonlik futbolchi bilan uyushtirilgan qisqa suhbatni havola etamiz.
- Men bolaligimdan futbolga qiziqardim, Millionlar o‘yiniga mehrim bo‘lakcha edi. Futbolchi bo‘lishimga dadam sababchi bo‘lganlar 8 yoshimdayoq futbol sir asrorlarini o‘rgana boshladim va 2007 yil fevralida men uchun qadirdon «Mash’al» akademiyasiga kelganman, akademiyadagi ustozlarim Boris Serastanov va Vadim Shakirjanovlar meni haqiqiy professional futbolchi bo‘lib etishib chiqishimga o‘z hissalarini qo‘shishdi. Bir so‘z bilan aytganda «Mash’al»dan qarzdorman va ushbu kulubda tahsil olganim bilan faxrlanaman.

- Siz Malayziyaning «Bola Sepak ATM» jamoasi a’zosisiz. Bu jamoadagi imkoniyatlarni qanday baholaysiz?
- Jamoamda meni hamma sharoitlar va qulayliklar to‘liq qoniqtiradi. Avvaliga ko‘nikish biroz qiyin bo‘ldi. Hozir esa ancha moslashib oldim.
- ATM da qaysi chiziqda to‘p surayapsiz?
- Avvaldan o‘zi yarim himoyachi bo‘lganman, hozirham ayni shu chiziqda to‘p suraman, bu menga yoqadi.
- «Mash’al» safidagi debyutingizni eslay olasizmi?
- Ha bu kechagiday esimda, Farg‘onada 2012 yil «Neftchi»ga qarshi bo‘lib o‘tgan bahsda meni o‘sha vaqtdagi murabbiy Fomichov asosiy tarkiba maydonga tushirgandi.
- «Bola Sepak ATM» bilan yangi shartnoma imzoladingizmi?
- Men Yaqinda «Bola Sepak ATM» bilan yangi shartnoma imzoladim. Kecha Malayziya Premer-ligasida debyut uchrashuvimni o‘tkazdim.
- Kelajakdagi orzularingiz qanday?
- Niyatim «Mash’al» safida O‘zbekiston chempioni bo‘lishni orzu qilaman.

Fikrlar