
"So‘g‘diyona"ni JChda ishtirok etgan futbolchilar tark etishdi
Jizzax viloyatining bosh jamoasi "So‘g‘diyona" Zomindagi yig‘inini davom ettirmoqda. Mashg‘ulotlar asosan futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilashga qaratilgan. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Jamoaga "Obod" ning 3 nafar futbolchilari kelib qo‘shildi. Sardor Qaxxorov,Shirinboy Abdullaev va Sherzod Jalilovlar jamoa bilan birga yig‘inda qatnashmoqdalar.
Jamoani rasman 3 nafar futbolchi tark etgani haqida ma’lum qilgan edik. G‘ulom Urunov,Doston Abduraxmonov,Sunnatilla Mamadalievlar jamoa bilan do‘stona xayrlashdi va endilikda ular o‘z faoliyatini boshqa klublarda davom ettiradilar.
Qayd etish joiz, ushbu uch futbolchi Ahmad Ubaydullaev boshqaruvidagi yoshlar terma jamoasi safida 2009 yil Misrda o‘tgan yoshlar(U-20) o‘rtasidagi JChda ishtirok etishgan eli.
Fikrlar