Stiven Sigal: Kinoda Amir Temur rolini ijro etishni istardim

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor, ertaga 9 sentyabr kuni «Bunyodkor» stadioni «Asian Fight-2017» xalqaro musobaqasiga mezbonlik qiladi. Mazkur janglar kechasida 9 jangda 9 nafar sportchimiz yurtimiz sharafini himoya qiladi.

Mazkur shou nufuzini oshirish maqsadida taklif etilgan maxsus mehmon gollivud yulduzi – aktyor, musiqachi (qo‘shiqchi, gitarist), kinoprodyuser, stsenarist, kinorejissyor, jang san’atlari ustasi (aykido 7-dan belbog‘i sohibi) amerikalik Stiven Sigal ayni damda poytaxtimiz bo‘ylab sayohatini davom ettirmoqda.

Kecha Toshkentga etib kelgan mehmon birinchi bo‘lib, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga tashrif buyurdi va u erda talabalar bilan uchrashdi.

Tadbir so‘nggida esa o‘quvchilar, OAV xodimlari va keng jamoatchilik vakillari bilan matbuot anjumani o‘tkazildi va ularni qiziqtirgan savollariga javob qaytardi.

Hozirda Sigal Zangiota tumanidagi "Babos" ot sporti saroyida master-klass o‘tmoqda.

Kechki soat 18:00 Sayilgoh ko‘chasida davom etayotgan “O‘zbegim” festivaliga tashrif buyurishi rejalashtirilgan.

Bizdan uzoqlashmang, voqealarni kuzatib borishda davom eting.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!