Sunday Times: Messining "Barselona"dagi maoshi yiliga 60 mln evro atrofida bo‘ladi

  • 9 iyul, 2017, 11:00
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Xabaringiz bor, Lionel Messi yaqinda “Barselona” bilan amaldagi shartnomasini 2021 yilga qadar uzaytirdi. The Sunday Times nashrining xabar berishicha, argentinalik futbolchi yangi shartnomaga ko‘ra kataloniyaliklardan yiliga 62 mln evro (tahminan 55 mln funt)  maosh oladi. Oddiyroq qilib aytganda, 30 yoshli futbolchi haftasiga deyarli 1 mln funt maosh oladi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “ko‘k-anor ranglilar” prezidenti Xosep Mariya Bartomeu Messi futbol tarixidagi, qolaversa jamoaviy sport turlari orasida eng ko‘p maosh oluvchi sportchi bo‘lishi haqida aytib o‘tgan edi. Ba’zi manbaalarga ko‘ra “Barselona” Leoga tahminan 50 mln evro atrofida bonuslar ham va’da qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!