Sunnatillo Ermatov “Obod” jamoasi bilan shartnoma imzoladi

  • 24.01.2017 16:15
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

"Tsementchi" jamoasida o‘tgan yilgi mavsumni ajoyib tarzda o‘tkazgan va muxlislar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma asosida mavsumning "Eng yaxshi yarim ximoyachisi" bo‘lgan jamoa azosi, 17-rakam ostida xarakatlangan, markaziy yarim ximoyachi Sunnatillo Ermatov oliy liga vakili Toshkentning "Obod" jamoasi bilan 3 yillik muddatga shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ermatov jamoa lagerini tark etar ekan klub matbuot kotibi u bilan suxbatlashdi.

- Tsementchi jamoasida o‘tkazgan damlaringiz va jamoa xakida fikrlaringiz?

- Men ushbu jamoada faoliyatimdagi eng yaxshi davrlarimni o‘tkazdim desam bo‘laveradi, chunki jamoadagi ajoyib muxit va ajoyib do‘stlarimning ko‘maklari bilan men shu jamoada o‘zimning bor iktidorimni yuzaga chikara oldim, muxlislar etirofiga sazovor bo‘ldim. Mavsumning eng yaxshi yarim ximoyachisi deb topildim va boshka jamoalar etiboriga tushdim.

- “Tsementchi” jamoasining kelajagi xakida nima deya olasiz?

- "Tsementchi" bu buyuk jamoa. Ushbu jamoada o‘ynab o‘zim guvoxi bo‘ldimki, agar jamoa istasa xohlagan payt oliy ligaga chikishi mumkin. Ishonchim komilki, "Tsementchi" ushbu mavsumda albatta oliy liga yo‘llanmasini ko‘lga kiritadi va biz jamoa bilan keyingi mavsumda elitada uchrashamiz.

- "Tsementchi" jamoasi a’zolariga va quvasoylik muxlislarga tilaklaringiz?

- "Tsementchi" jamoasi a’zolari ya’ni jamoadoshlarimga menga ko‘rsatgan barcha ko‘maklari uchun tashakkur bildiraman. Xamisha ularni omad tark etmasin, "Tsementchi" jamoasi muxlislariga esa gap yuk! Mana shunday muxlislar ko‘payaversin! Ularning baxtiga manashu jamoamiz xamisha g‘alaba kozonaversin! Xullas ushbu jamoada o‘tkazgan kuvonchli kunlarimga sherik bo‘lgan barcha jamoadoshu muxlislarning barcha barchalariga chukur minnatdorchilik bildiraman!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!