Tanishing, “Bunyodkor”ning yangi futbolchisi: Vadim Chemirtan

  • 05.01.2017 16:31
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi mavsumlar oralig‘ida o‘z safini tajribali hujumchi bilan to‘ldirdi.

2016 yilgi mavsumning ikkinchi qismini “Buxoro” jamoasida o‘tkazgan moldovalik hujumchi Vadim Chemirtan keyingi faoliyatini Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi bilan bog‘ladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berioqda.  

Chemirtan faoliyati mobaynida asosan Moldova klublari safida to‘p tepgan. 29 yoshli hujumchi so‘nggi mavsumlarda o‘z sermahsulligini oshirdi. Natijada uning harakatlarini Moldova milliy terma jamoasi murabbiylari ham e’tiborsiz qoldirmay, 2016 yildan boshlab uni bosh jamoaga taklif eta boshlashdi.

BIZNING MA’LUMOT
To‘liq ismi: Vadim Chemirtan
Tug‘ilgan sanasi: 21.07.1987
Fuqaroligi: Moldova
Ampluasi: Hujumchi
Bo‘yi: 190 sm
Vazni: 82 kg
O‘ynagan jamoalari:

Yil

Jamoa

O‘

G

2005-2007

“Tiraspol”

39

4

2008-2010

“Dinamo”

31

3

2010

“Akademiya”

5

0

2011

“Iskra-Stal”

7

0

2012

“Akademiya”

9

1

2012-2013

“Nistru”

18

5

2013-2014

“Kostuleni”

32

12

2014

“Veris”

4

0

2015-2016

“Dinamo-Avto”

20

10

2016

“Dachiya”

5

3

“Buxoro”

13

9

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!