Tavbasiga tayangan Mourino Ronalduga qo‘ng‘iroq qilib, uzr so‘radi

  • 27 mart, 2017, 00:05
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
 

 

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourino "Real"da ishlagan paytida madridliklar etakchisi Krishtianu Ronaldu bilan yuzaga kelgan mojaro uchun aybini tan olib, portugaliyalik futbol yulduziga qo‘ng‘iroq qildi va uzr so‘radi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Joze Mourino o‘zi Portugaliya terma jamoasini boshqarmaguncha Krishtianu Ronaldu o‘z yurti bosh jamoasi bilan hech narsaga erisholmasligini aytgan. Mourinoning bu gapi tabiiyki Krishtianuga yoqmagan va o‘rtada janjal chiqqan.

2016 yilning yozida Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasi safida Evropa chempioni bo‘ldi.

Mana oradan yarim yildan oshiq vaqt o‘tib, Joze Mourino portugaliyalik futbolchidan nomaqbul gaplari uchun uzr so‘rashga o‘zida kuch topa oldi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!