Ter Shtegen yana uzoq vaqt "Barselona"da qolishi mumkin
Kataloniyaning “Barselona” klubi golkiperi Mark-Andre ter Shtegen jamoa rahbariyati bilan uzoq yillik hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Sport.es nashrining xabar berishicha germaniyalik darvozabon yaqin kunlar ichida “ko‘k-anor ranglilar” bilan uzoq yillik shartnomani imzolaydi. Ma’lumotlarga qaraganda ter Shtegen “Barselona” bilan 2022 yilga qadar shartnomasini uzaytiradi.
Eslatib o‘tamiz, 25 yoshli darvozabonning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2019 yilga qadar imzolangan edi.

Fikrlar